Toshkentning beshta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.
22-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Yakkasaroy, Sergeli, Yangihayot, Chilonzor, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Yakkasaroy tumani (11:00 dan 18:00 gacha): “Damariq” MFY
- Aholi iste’molchilar soni: 12 ta ko‘p qavatli uylar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 3 ta.
Mirobod tumani (11:00 dan 18:00 gacha): Nukus ko‘chasi
- Aholi iste’molchilar soni: 3 ta ko‘p qavatli uylar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 3 ta.
Olmazor tumani (10:30 dan 15:00 gacha): “Xastimom” va “Hazrati Imom” MFYlari
- Aholi xonadonlari soni: 275 ta yerli xonadon;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 7 ta.
Shayxontohur tumani (10:30 dan 15:00 gacha): “Gulbozor” MFY
- Aholi iste’molchilar soni: 80 ta yerli xonadon, 54 ta ko‘p qavatli uylar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 13 ta.
Yunusobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Buyuk Turon” va “Posira” MFYlari
- Aholi xonadonlar soni: 150 ta yerli xonadon, 34 ta ko‘p qavatli uylar;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 30 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.