Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabrgacha Haj va Umra yagona portali hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.
Portalda Haj tadbirlariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda Umra tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi.
Farmon bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi.
Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida Diniy-ma'rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi.
Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari yo‘nalishlarida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mas’ul muassasa hisoblanadi.
Shuningdek, farmon bilan diniy-ma'rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi. Shu bilan birga, Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
Avvalroq Spot Uzbekistan Airways 14-apreldan Toshkent-Jidda reyslarida umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatishi haqida yozgandi.
Aviakompaniya Haj 2025 dasturi boshlangani sabab Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yo‘lovchilardan 30-aprelgacha mamlakatni tark etishlarini so‘ramoqda.
Agar 30-apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yo‘lovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yo‘lovchining zimmasiga yuklanadi: