Meta Instagramda o‘zini kattalar deb ko‘rsatayotgan o‘smirlar akkauntlarini “faol qidiruv” uchun sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishni kengaytirdi, deya xabar berdi The Verge.
Agar tizim akkaunt voyaga yetmagan shaxsga tegishli deb gumon qilsa, uning maxfiylik sozlamalari avtomatik tarzda “o‘smirlar” rejimiga o‘tkaziladi: profil yopiq holatga keladi, notanish odamlar birinchi bo‘lib xabar yoza olmaydi va kontent cheklanadi.
Kompaniya tizim xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkinligini tan oladi, biroq foydalanuvchilarga sozlamalarni “qayta” o‘zgartirish imkoniyati berilishini va’da qilmoqda.
Biroq foydalanauvchi buning uchun nima qilish kerakligi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Funksiya AQShda sinovdan o‘tkazila boshlandi. U boshqa mamlakatlarda qachon joriy etilishi haqida ma’lumot berilmagan.
2024-yil sentbar oyida Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “o‘smirlar” akkauntlarini qo‘shdi.
17-sentabrdan boshlab esa 18 yoshgacha bo‘lgan barcha yangi foydalanuvchilar akkauntning yangi turi — “o‘smirlik” akkauntiga ega bo‘ladilar.
Noyabr oyida Instagram o‘smirlarning yoshini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, Meta 18 yoshdan kichik foydalanuvchilarni aniqlay oladigan kattalar klassifikatori vositasidan foydalanadi.
Avvalroq Spot Instagram “umumiy miks” funksiyasini ishga tushirgani haqida yozgandi.
Funksiya foydalanuvchi va uning do‘stlari uchun individual, moslashtirilgan Reels lentasini yaratish imkonini beradi.