Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.

25-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Mirobod va Sergeli tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.

Xususan:

Sergeli tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Eski Jaloyir MFY

  • Aholi isteʼmolchilari soni: 310 ta yerli xonadon;
  • Ulgurchi iste’molchilar soni: 4 ta.

Mirobod tumani (11:00 dan 17:00 gacha): Avloniy MFY

  • Aholi iste’molchilari soni: 256 ta ko‘p qavatli uylar.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.