“Bu arzimas zarar uchun iste’molchilarni jazolashdir” — jamoatchilik bojsiz olib kirish normalarining pasaytirilishi haqida
1-maydan O‘zbekistonda xorijdan bojsiz tovar olib kirish talablari kuchaytirilmoqda. Spot iqtisodchilar hamda biznes vakillarining yangi talablar bo‘yicha bildirgan fikrlarini o‘rganib, ularni bir joyga jamladi.
Xorijda ta’lim: Forte Fellowship granti asosida Amerikada o‘qiyotgan Nilufar Ro‘ziyeva hikoyasi
Spot AQShdagi Cornell universitetining MBA dasturida grant asosida ta’lim olayotgan Nilufar Ro‘ziyeva bilan grant dasturlari, oliygohga hujjat to‘ldirish hamda viza masalalarida suhbatlashdi.
Mikrokreditlashning tez o‘sishi O‘zbekiston moliyaviy barqarorligi uchun xatarlarni kuchaytirishi mumkin — XVJ
Markaziy bankka yuridik shaxslarni, shuningdek, rasmiy daromadga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarni valyutada kreditlash bo‘yicha xatarlarni bartaraf etish tavsiya etildi.
“Bu cheklov emas” — Bojxona qo‘mitasi bojsiz olib kirish normasi kamaytirilishi bo‘yicha savollarga javob berdi
Qo‘mita yangi talablar asosan tashmachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga ta’sir qilishini, chegaradan tovar olib o‘tish jarayonini rasmiylashtirish imkonini berishini qayd etdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- 70 turdagi tovarlarning bojxona qiymati va miqdori nazorat qilinadi. Ro‘yxat.
Bojxona deklaratsiyasida tovar qiymati oxirgi 90 kunlik o‘rtacha qiymatning kamida 80%ini tashkil etishi kerak. - Mart oyida oyida ikkilamchi avtomobillar narxlari qanday o‘zgardi?
O‘tgan oyda o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar narxi pasayishda davom etgan bo‘lsa, elektromobillar narxlari pasayishi tezlashgan. Biroq ayrim mahalliy lyuks avtomobillar narxlarida o‘zgarish kuzatilmagan. - “Turistik ko‘chalarni yaratish faoliyat yuritayotgan korxonalarga zarar yetkazmasligi kerak” — TESTO asoschisi.
Yashnobod tumani hokimligi muassasaga 1-maygacha fasadni ta’mirlash hamda tutash hududni obodonlashtirishni yakunlashni topshirgan. - UzAuto Motors, UMS, Issiqlik elektr stansiyalari kabi 29 ta davlat kompaniyalari xalqaro savdolarga chiqariladi.
Shuningdek, prezident farmoni bilan 2030-yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy etiladi. - Yangi avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza jo‘natish imkoni yaratildi.
Xizmat Yagona portal orqali ko‘rsatiladi hamda talabgorlar ro‘yxatdan o‘tkazish-imtihon bo‘limiga borishlari yoki sayyor xizmatdan foydalanishlari mumkin. - Markaziy bank 1-iyundan banklar uchun kichik biznesni kreditlash bo‘yicha talablarni soddalashtiradi.
Fitch kichik va o‘rta biznesni faol kreditlash banklar aktivlari sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. - O‘zbekiston amaldorlar daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilishni tezlashtirishi kerak — XVJ.
Missiya hukumatni xabardor qiluvchilarni himoya qilishga qaratilgan qonunni “imkon qadar tezroq” qabul qilishga chaqirdi. - O‘zbekiston Shveysariyadan Karimovaning muzlatilgan $95 mlnlik aktivlarini qaytarib oldi — IMV.
Ushbu mablag‘lar mamlakatdagi ijtimoiy sohalarga, jumladan, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidagi loyihalarga yo‘naltiriladi. - BAAda o‘zbekistonliklar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar vizasiz rejimga ta’sir qilishi mumkin — TIV.
Dubayda yuz bergan holat yuzasidan 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Tashqi ishlar vazirligi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan vaziyatni o‘rganmoqda. - Toshkent hududining deyarli yarmi rekonstruksiya va yangilanishga muhtoj — CMWP va Atlas.
Hajm turar-joy binolari bilan birga, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, muhandislik infratuzilmasi hamda jamoat joylarini ham o‘z ichiga oladi.