E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 28-aprel holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 957,14 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 24-aprel kuni belgilangan 12 927,17 so‘m qiymatga nisbatan 29 so‘m 97 tiyinga qimmatladi.

28-aprel kuni sotish kursi Orient finans bank, KDB Bank Uzbekistan, O‘zsanoatqurilishbank va Ipotekabankda 13 020 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 13 010 so‘mdan 12 950 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 940 so‘mdan 12 900 so‘mgacha yetdi.


16-aprel kuni Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 14 so‘mga oshib, 13 000 so‘mlik ko‘rsatkichga yaqinlashdi.

Dekabr oyida “Spot” tahlilchilar bilan 2024-yilda so‘mning qadrsizlanishi sabablari, milliy valyuta mustahkamlanishidagi risklar va 2025-yilda almashuv kursiga ta’sir qiluvchi omillar haqida suhbatlashdi.

Ekspertlar joriy yil yakuni bo‘yicha dollar kursi 13 340−14 ming so‘m oralig‘ida shakllanishini kutmoqda. Milliy valyuta oltinning sotilishi va o‘sishiga, jalb qilinadigan xorijiy kreditlar va investitsiyalarga, Markaziy bank siyosatiga, transchegaraviy o‘tkazmalar hajmiga, import oshishiga hamda global iqtisodiyot holatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.

2024-yilda so‘mning real samarali almashuv kursi (REER) 5,9% ga mustahkamlandi. Markaziy bank joriy yilning ikkinchi yarmida almashuv kursi o‘rta muddatli trend darajasiga qaytishini kutmoqda.