Mart oyida sotuvlar qisqa muddatli qisqarishiga qaramay, avtomobil bozorining ayrim segmentlarida xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar va foydalanilgan elektromobillar toifalarida barqaror o‘sish kuzatildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.

Joriy yilning mart oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi 3%ga kamayib, 76,8 ming donani tashkil etdi. Yengil avtomobillar savdosi bir oy davomida 3,4%ga kamaydi va deyarli 65 ming donani tashkil etdi.

avtomobil bozori, mart, tahlil

Birlamchi avtomobil bozori

Yengil avtomobillarning birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 6%ga kamaydi va 22,4 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yillik hisobda ushbu segmentdagi faollik 3%ga o‘sishni ko‘rsatdi.

Xorijiy yengil avtomobillar

O‘zbekiston bozoridagi xorijiy yengil avtomobillar segmenti ijobiy dinamikani namoyon etishda davom etmoqda, savdo hajmi 28%ga o‘sdi va umumiy savdo hajmi oyiga 2,7 ming donagacha yetdi. Sezilarli o‘sishga qaramay, faollikning yillik o‘sish o‘rtacha bo‘lib,13%ni tashkil etdi.

Ikkilamchi avtomovil bozori

Mart oyi natijalariga ko‘ra, yengil avtomobillarning ikkilamchi bozori faolligi 2%ga biroz pasayib, umumiy savdo hajmi 42,5 ming donani tashkil qildi.

Ushbu fonda, foydalanilgan elektromobillar segmenti ijobiy dinamikani ko‘rsatdi, sotuvlar 10%ga o‘sib, 1,8 mingta elektromobilga o‘sdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sotuvlar uch baravarga oshdi.