Facebook izohlardagi dislayklarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Business Insider Meta*ga tayanib Facebook’dagi sinovlar haqida xabar berdi.
Foydalanuvchilar mavzuga aloqador bo‘lmagan yoki “muhokama ruhiga to‘g‘ri kelmaydigan” deb hisoblagan izohlarni “yoqtirmaslik” imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Izohga “yoqtirmaslik” bildirgan shaxs haqida uning muallifi xabardor bo‘lmaydi.
Nashrning qayd etishicha, Facebook “dizlayk” tizimini sinovdan o‘tkazgan bo‘lsa-da, bu to‘liq formatli taqdim qilishgacha yetib bormagan. Kompaniya vakillari 2016-yildayoq faqat “layk” va “dizlayk"dan iborat “binar” tizim odamlarning haqiqiy hayotdagi reaksiyalar ko‘lamini to‘liq aks ettira olmasligini ta’kidlashgan edi.
Meta bu safar ham dislayklar qoldirishni va’da qilmayapti, ammo nazariy jihatdan bu “foydasiz” xabarlar sonini kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Business Insider odamlarning yoqtirmaydigan va o‘ziga ma’qul bo‘lmagan fikrlarni “dislayk” qilmasligiga ishonch qayerdan kelib chiqqanini so‘radi.
Meta vakillarining ta’kidlashicha, ular foydalanuvchilarga eslatma ko‘rsatishadi: bu vosita “foyda keltirmaydigan” izohlarni belgilash uchun mo‘ljallangan. Biroq, foydalanuvchilarning niyatini qanday baholashlari haqida ma’lumot berishmadi.
Avvalroq Instagram izohlardagi dizlayk funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
Izohlardagi dizlayk tugmasiga ba’zi foydalanuvchilar e’tibor qaratishdi. “Instagram” rahbari Adam Mosseri ijtimoiy tarmoq uni sinovdan o‘tkazayotganini tasdiqladi.
Uning aniqlik kiritishicha, boshqa foydalanuvchilar kimdir dizlayk qo‘yganini va ularning sonini ko‘rmaydi.