Uzum Bank tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab 82% foydalanuvchi xaridlar uchun naqd pulsiz to‘lov qiladi. Ko‘pincha buning uchun plastik kartani tanlashadi — 83%. To‘lovlar taniqliligi bo‘yicha top-3 talikka ilova orqali to‘lov va savdo nuqtalarida QR-kod orqali orqali to‘lovlar kiradi. So‘rovnomada 1700 dan ortiq respondent ishtirok etgan.

So‘rovnomada ishtirok etganlarning 90 foizida hech bo‘lmaganda bitta bank kartasi bor, har ikkinchi ishtirokchida kartalar soni ikkitadan ortiq emas. Ishtirokchilarning 60 foizi plastik karta bilan to‘lash imkoniyati mavjud hamma joyda, 43 foizi yonida naqd pul bo‘lmaganida plastik karta orqali to‘lov qiladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar kartani qulaylik maqsadida tanlaydi — so‘rovnomaning 77% ishtirokchisi shunday javob bergan. 46% ishtirokchi o‘zi bilan naqd pul olib yurishni xohlamaydi, 38% — keshbek olish uchungina karta bilan to‘lov qiladi.

Xaridlarni QR-kod orqali to‘laydigan foydalanuvchilarning 83 foizi uni tezkorligi va qulayligi uchun xush ko‘radi. Deyarli har ikkinchi ishtirokchi — 47% — keshbek olish uchungina QR-kod orqali to‘laydi. 45% ishtirokchi ushbu usulni xavfsiz deb hisoblaydi. QR-kod orqali to‘lov qiladigan foydalanuvchilarning 58 foizi — QR-kod orqali to‘lash imkoniyati bo‘lgan hamma joyda, 39 foizi — supermarket va do‘konlarda, 32 foizi — jamoat transportida QR-kod orqali to‘lov usulini tanlaydi.

Moliyaviy ilovalardan asosan maishiy xizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun foydalanaman — so‘rovnomada ishtirok etganlarning 64 foizi shunday javob bergan. Operatsiyalar taniqliligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda — uyali aloqa uchun to‘lov (60%), uchinchi o‘rinda — do‘stlar va yaqinlarga pul o‘tkazmalari (uni ishtirokchilarning 49 foizi tanlagan).

Faqat naqd pul bilan to‘lov qiladigan respondentlar orasida 39% ishtirokchi shunchaki bu usulga o‘rganib qolganini qayd etgan. Har ikkinchi ishtirokchi yonida bank kartasi bo‘lmasa, naqd pul bilan to‘lov qilar ekan. 45% ishtirokchi ushbu usuldan bozorlarda, 28 foizi — kichik xaridlar uchun to‘lov qilishda foydalanadi.

Reklama huquqlari asosida.