Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz poytaxt matbuot xizmati xabar berdi.
29-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlarining belgilangan hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Xususan:
Sergeli va Yangihayot tumanlari (11:00 dan 17:00 gacha): “Xonobod”, “Oltin vodiy” MFYlari
- Aholi iste’molchilari soni: 1581 ta;
- Ulgurji iste’molchilar soni: 34 ta.
Mirobod tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Baynalmilal”
- Aholi iste’molchilari soni: 256 ta;
- Mazkur hududdagi ulgurji iste’molchilar.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.