O‘zbekistonning yetakchi elektron to‘lov xizmatlaridan biri — Paynet 2025-yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha o‘z faoliyati natijalarini taqdim etdi. Kompaniya asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish qayd etib, raqamli to‘lov xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishini davom etmoqda.

Hisobotga ko‘ra, 2025-yil boshidan 31 trln so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

Kompaniyaning tushumi 388 mlrd so‘mni, sof foydasi esa 108 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu natijalar o‘tgan yilga nisbatan 70% ko‘p, shuningdek, kompaniya ichki rejasidan ham 57% yuqori.

Bundan tashqari, Paynet foyda solig‘i sifatida davlat byudjetiga 19 mlrd so‘m to‘lagan, bu ham o‘tgan yilga qaraganda 57% ko‘proq.

Paynet bozorda 20 yildan beri faoliyat yuritadi va foydalanuvchilarga naqd hamda elektron to‘lov xizmatlarini taklif qiladi. 2024-yil aprel oyida kompaniya xususiylashtirildi, 2025-yil yanvar oyida esa HUMO to‘lov tizimini $65 mlnga sotib oldi.

Bugungi kunga kelib, Paynet xizmatlaridan 23 mln foydalanuvchi foydalanadi, mobil ilovaning faol foydalanuvchilari esa 2,7 mlnga yetgan.

Shuningdek, kompaniya to‘lovlarni qabul qilish nuqtalarini kengaytirishda davom etmoqda — ular soni 28 mingtaga yetdi, jumladan, agentlik punktlari va infokiosklar.

paynet, reklama

“Bu natijalar bizning strategiyamiz to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini ko‘rsatmoqda. Biz texnologiyalarga, xizmatlar sifatini oshirishga va mijozlarga qulaylik yaratishga doimiy sarmoya kiritmoqdamiz. Natijalar bizning jamoamiz va mijozlarimiz ishonchining natijasidir. Biz bu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz”, — izoh berdi Paynet bosh direktori Anvar Isamuhamedov.

Paynet kelgusida foydalanuvchilar sonini yanada oshirish, xizmatlar turini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilashni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqlari asosida.