Bugun, 13:51 Texnologiyalar

Amazon koinotga internet sun’iy yo‘ldoshlarining birinchi guruhini uchirdi

Birinchi bosqichda 27 ta internet sun’iy yo‘ldosh olib chiqilgan bo‘lib, loyiha doirasida kompaniya 3236 ta sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda.
Bugun, 12:21 Moliya

Markaziy bank bank kartalaridan to‘lovlarni amalga oshirishda nazoratni kuchaytirishni taklif qilmoqda

Ruxsat etilmagan to‘lovlar aniqlanganda kartalar va mobil ilova akkauntlaridan foydalanishni uch kungacha cheklanishi mumkin.
Bugun, 11:44 Biznes

Rossiya kompaniyasi yil oxirigacha O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Transport budushego tomonidan amalga oshiriladigan loyihaning birinchi bosqichida $100 mlnlik uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Bugun, 10:17 Iqtisodiyot

Rossiyada migrantlar uchun maqomlarini qonuniylashtirish muddati 10-sentabrgacha uzaytirildi

Mazkur muddatgacha Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan chet el fuqarolari o‘zlarining huquqiy maqomini tartibga solishi yoki mamlakatni tark etishi kerak.
Bugun, 09:52 Energetika

Toshkentning uchta tumanida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

29-aprel kuni ta’mirlash ishlari sabab belgilangan vaqtlarda Sergeli, Yangihayot va Mirobod tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berilmaydi.
Bugun, 08:23 Iqtisodiyot

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,8 mln so‘mni tashkil etdi

Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 9,8 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 4,08 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi.
Kecha, 19:56 Iqtisodiyot

TIV Tailandga borayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

1-maydan boshlab Qirollikka kiruvchi barcha xorijiy sayyohlar tashrifdan kamida uch kun oldin kirish kartasini to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.
Kecha, 19:11 Iqtisodiyot

$12 ming evaziga Germaniya. Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura Samarqand hamda Toshkent shahrida chet elga ishga yuborish evaziga fuqarolardan pul talab qilgan firibgarlar faoliyatiga chek qo‘ydi.
Kecha, 18:48 Iqtisodiyot

Toshkent barqaror prognozi bilan Fitch’dagi BB- kredit reytingini tikladi

Agentlik qarzga xizmat ko‘rsatish qobiliyati cheklanganligi sababli poytaxtning xatar profilini zaifroq daraja deb baholamoqda.
Kecha, 18:00 Biznes

O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Spot may oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Kecha, 17:57 Energetika

O‘zbekistondagi kichik AESning ilk tamal toshi bir yildan keyin qo‘yilishi mumkin — Rosatom

Korporatsiya rahbari Aleksey Lixachevning ma’lum qilishicha, tomonlar AES qurilishi bo‘yicha barcha huquqiy masalalarni kelishib olgan, oldinda loyihani aniqlashtirish hamda litsenziyalash turibdi.
Kecha, 17:52 Texnologiyalar

Facebook izohlardagi dizlayk funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

Bunda foydalanuvchilar mavzuga aloqador bo‘lmagan yoki muhokamaga to‘g‘ri kelmaydigan deb hisoblagan izohlarni “yoqtirmaslik” imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kecha, 17:18 Biznes

“Malibu Xitoydan O‘zbekistonga yuborilmoqda” — UzAuto Motors

Avtomobil ishlab chiqaruvchisi Malibu-2 avtomobillari Qozog‘istondan O‘zbekistonga qaytarilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Kecha, 16:31 Iqtisodiyot

Mart oyida yengil avtomobillar savdosi pasaydi — ITIM

Biroq xorijiy yengil avtomobillar va foydalanilgan elektromobillar sotuvida barqaror o‘sish kuzatildi.
Kecha, 16:00 Moliya

Dollar kursi pasaydi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9 so‘m 4 tiyinga pasayib, 12 948,10 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:24 Biznes

9 ta turoperator Umra tadbirlari bo‘yicha reklama talablarini buzgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan turoperatorlarni jarimaga tortdi. Shuningdek, 12 dan ortiq axborot resurslariga aniqlik kiritish uchun IIVning Kiberxavfsizlik markaziga ma’lumot kiritildi.
Kecha, 14:49 Biznes

IndiGo Dehlidan Toshkentga parvozlarni 7-maygacha to‘xtatdi

Bunga Pokistonning hind aviakompaniyalari uchun havo hududini yopgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, aviatashuvchi Olmaotaga ham parvozlarni bekor qildi.
Kecha, 13:31 Iqtisodiyot

Markaziy bank banklarga mikroqarzlar berish bo‘yicha talablarni kuchaytirmoqda

Bunda mikroqarzlar va kredit kartalarining kredit portfelidagi ulushi 25%dan oshmasligi kerak. Regulyator banklarga 2029-yilgacha muhlat berdi.
Kecha, 13:01 Texnologiyalar

Apple’ning yubiley qurilmalari rekord darajada qimmat bo‘ladi — Bloomberg

2027-yilda Apple birinchi iPhone chiqarilganining 20 yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan kompaniya noyob flagman smartfon va birinchi buklanadigan qurilmani taqdim etadi.
Kecha, 13:00

Uzum Bank: deyarli 40% foydalanuvchi keshbek olish uchun karta bilan to‘lov qiladi

Uzum Bank tadqiqotida O‘zbekistondagi foydalanuvchilarning 82 foizi naqd pulsiz to‘lovni afzal ko‘rishi aniqlandi. Ommabop usullar qatoriga plastik kartalar va QR-kodlar kiradi, ular qulayligi va keshbek olish imkoniyati uchun tanlanadi.
Kecha, 12:35 Qonunchilik

Jarima ballari 1-maydan kuchga kirmaydi — YHXX

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun beriladigan jarima ballarining hisoblanish tartibi qonun loyihasi qabul qilingandan keyin kuchga kiradi.
Kecha, 11:39 Energetika

Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qildi

Xususan, shoxobchada gaz sarfini o‘lchash qurilmasiga noma’lum jism joylashtirilib, hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilganligi ma’lum bo‘ldi.
Kecha, 10:51 Biznes

“Kichik muammo katta muammoga aylanib ketishidan qo‘rqamiz” — TESTO turizm ko‘chasi tashkil etilishidagi holat haqida

Deputat Abdumannop Bo‘riyev Sodiq Azimovdagi gastronomik ko‘cha tashkil etilishi va muassasalarning elektr ta’minotidan uzilishi bo‘yicha vaziyatni o‘rganib, poytaxt hokimligiga so‘rov yubordi.
Kecha, 10:30 Moliya

Banklarda dollar kursi 13 020 so‘mgacha belgilandi

Aksariyat banklarda sotish kursi 13 020−12 950 so‘mni, xarid narxi esa 12 940−12 900 so‘mni tashkil etmoqda.
Kecha, 10:17 Iqtisodiyot

Donald Tramp AQShda daromad solig‘ini kamaytirmoqchi

Soliqlarni kamaytirish bo‘yicha asosiy choralar yiliga $200 mingdan kam daromad oladiganlarga qaratiladi.
Kecha, 09:22 Iqtisodiyot

TIV o‘zbekistonliklarning BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlarni rad etdi

Vazirlik ikki mamlakat o‘rtasidagi vizasiz tartib o‘z kuchida ekanligini hamda cheklovlar joriy etilmaganini ma’lumot qildi.
27 aprel 2025, 17:19 Biznes

Hafta yakuni: kuchaytirilayotgan bojxona talablari, xususiylashtiriladigan UzAuto Motors va UMS hamda avtomobil bozoridagi narxlar

Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
26 aprel 2025, 19:34 Iqtisodiyot

Toshkent hududining deyarli yarmi rekonstruksiya va yangilanishga muhtoj — CMWP va Atlas

Hajm turar-joy binolari bilan birga, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, muhandislik infratuzilmasi hamda jamoat joylarini ham o‘z ichiga oladi.
26 aprel 2025, 18:20 Iqtisodiyot

Martda O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar ulushi kamaydi

Davlat banklari orasidagi NPL ko‘rsatkichi xususiy banklarga nisbatan pastroq shakllandi. O‘zmilliybank, O‘zsanoatqurilishbank hamda Agrobankda ko‘rsatkich yaxshilandi.
26 aprel 2025, 18:02 Iqtisodiyot

AQSh tariflari fonida O‘zbekiston davlat banklari uchun qayta moliyalash qimmatlashishi mumkin — Fitch

Yana bir xatar dollarning mustahkamlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu dollarlashuv yuqori bo‘lgan mamlakatlarda aktivlar sifatining yomonlashishiga olib keladi.
26 aprel 2025, 13:58 Iqtisodiyot

Toshkentda noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama qurilmalari olib tashlanmoqda

Shayxontohur, Chilonzor hamda Olmazor tumanlarida reyd tadbirlari o‘tkazilib, tadbirkorlarga reklama qurilmalarida davlat tili talablariga amal qilish bo‘yicha tushuntirish berildi.
26 aprel 2025, 12:27 Texnologiyalar

Meta Llama sun’iy intellekt modelini o‘zbek tiliga moslashtirishni rejalashtirmoqda

Kompaniya ushbu modelni davlat saytlariga integratsiya qilish hamda mutaxassislarni ochiq kodli dasturlar bilan ishlashga o‘rgatishga tayyorligini ma’lum qildi.
26 aprel 2025, 11:31 Iqtisodiyot

O‘zbekiston xalqaro arbitrajda Turkiya kompaniyasining $700 mlnlik da’vosini yutib chiqdi — Adliya vazirligi

Bursel Tekstil 2017-yilda xalqaro arbitrajga da’vo kiritib, hukumatni paxta narxlari va QQS bo‘yicha va’dalarni bajarmaganlikda ayblagan.
25 aprel 2025, 20:52 Iqtisodiyot

Mart oyida O‘zbekiston $1,84 mlrdlik oltin eksport qildi, import kamayishda davom etmoqda

Birinchi chorakda tovar ayirboshlash hajmi $17 mlrddan oshdi. Avtomobillar, neft mahsulotlari, gazlama va matolar eksporti kamaydi.
25 aprel 2025, 19:55 Texnologiyalar

Meta Facebook’ni spam-kontentdan tozalashni kuchaytiradi

Kompaniya Facebook algoritmini uzun postlar va ko‘plab xeshteglar bilan “aldashga” urinayotgan va rasmga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan sarlavhalar bilan postlar yaratayotgan hisoblarni cheklaydi.
25 aprel 2025, 19:41 Qonunchilik

“Bu cheklov emas” — Bojxona qo‘mitasi bojsiz olib kirish normasi kamaytirilishi bo‘yicha savollarga javob berdi

Qo‘mita yangi talablar asosan tashmachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga ta’sir qilishini, chegaradan tovar olib o‘tish jarayonini rasmiylashtirish imkonini berishini qayd etdi.
25 aprel 2025, 18:13 Energetika

O‘zbekiston birinchi chorakda Xitoyga gaz eksportini 2,5 barobardan ko‘proqqa oshirdi

Turkmaniston va Rossiyadan ko‘k yoqilg‘i importi mart oyida deyarli to‘xtab, 8,5 baravargacha kamaydi.
25 aprel 2025, 17:57 Texnologiyalar

YouTube 10 yil ichida birinchi marta videopleyer dizaynini o‘zgartirdi

Eng sezilarli o‘zgarishlar pleyerni boshqarish tugmalarida bo‘ldi. Ular ikki barobar kattalashib, endi yarim shaffof fon va yumaloq burchaklarga ega bo‘ldi.
25 aprel 2025, 17:38 Qonunchilik

Uchta oliygoh negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalar o‘qishini yangi universitetda davom ettiradi.
25 aprel 2025, 17:15 Iqtisodiyot

1-maydan Farg‘onada ichimlik va oqova suvi narxlari oshiriladi

Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 3448 so‘mni, budjet va boshqa tashkilotlar uchun esa 6944 so‘mni tashkil etadi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting