Bugun, 13:42 Biznes
Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini $33 mlrdga sotdi
Qayd etilishicha, Mask ijtimoiy tarmoqni o‘zining xAI sun’iy intellekt kompaniyasiga sotgan.
Bugun, 10:47 Biznes
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar 4,7 mln nafardan oshdi
Qayd etilishicha, fuqarolar eng ko‘p maishiy xizmatlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hamda axborot-kommunikatsiya sohalarida o‘zini o‘zi band qilgan.
Kecha, 16:58 Biznes
O‘zbekiston aviakompaniyalari kuchli zilziladan keyin Tailandga parvozlarni davom ettiradi
Uzbekistan Airways kompaniyasining Bangkokdan jo‘nagan ertalabki reysida hech qanday voqea sodir bo‘lmadi. Parvozlar jadvalida o‘zgarishlar kutilmayapti.
Kecha, 14:10 Biznes
Sentabrdan bojxonada avtomobillar uchun “yashil” va “qizil” yo‘laklar joriy etiladi
Birinchi bosqichda Toshkent viloyatidagi ikkita va Qoraqalpog‘istondagi bitta postda mazkur yo‘laklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
27 mart 2025, 14:03 Biznes
O‘zbekistonliklar haydovchilik bo‘yicha Polshaga ishga jalb qilinishi mumkin
Mamlakat bozorida haydovchilarga bo‘lgan talab oshib borayotgani sababli Mobilis kompaniyasi o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilishga qiziqish bildirdi.
27 mart 2025, 13:13 Biznes
Yangi Buxoro aeroportini 2026-yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda — Uzbekistan Airports
Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilib, hozirda tegishli tomonlar bilan kelishilmoqda. Yangi nuqtada qurilish-montaj qilish ishlari allaqachon boshlangan.
27 mart 2025, 11:45 Biznes
O‘zbekistonda yangi kupe va plaskart yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarildi. Foto
Bundan tashqari, 12 ta vagondan iborat yangi dizel poyezd qurilib, Toshkent-Buxoro yo‘nalishida yo‘lga qo‘yildi.
26 mart 2025, 18:21 Biznes
Ilon Maskning Grok sun’iy intellektli chat-boti Telegramda paydo bo‘ldi
Telegram Premium obunasi bo‘lgan foydalanuvchilar GrokAI’ga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi — ular uchun xizmat bepul bo‘ladi.
26 mart 2025, 10:47 Biznes
20 ta tumanda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofislari ochiladi
Ularning faoliyatini moliyalashtirish va xorijiy mutaxassislarni jalb qilishlari uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi.
26 mart 2025, 09:53 Biznes
Xitoylik investor Buxoroda LED lampalar zavodi va 4 yulduzli mehmonxona ochadi
Shuningdek, viloyatda choy plantatsiyalarini tashkil etish va marketing platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
25 mart 2025, 15:26 Biznes
Mercedes-Benz xodimlariga ishdan bo‘shashlari uchun 500 ming yevrogacha taklif qilmoqda
Qayd etilishicha, kompaniya xarajatlarni va ortiqcha xodimlar sonini kamaytirish orqali 2027-yilgacha 5 mlrd yevro tejashni rejalashtirmoqda.
25 mart 2025, 13:11 Biznes
2024-yilda kompaniyalar narxlarni manipulyatsiya qilish orqali 77 mlrd so‘m daromad olgan
Raqobat qo‘mitasi tomonidan birja savdolaridagi qoidabuzarliklar uchun 94 ta korxonaga jarima solindi.
25 mart 2025, 09:11 Biznes
Kobulda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochildi
Bundan oldin Mozori-Sharifda elektrotexnika, qurilish va farmatsevtika mahsulotlari shourumi ishga tushirilgan edi.
24 mart 2025, 18:47 Biznes
Rossiyaning Yobidoyobi sushi tarmog‘i O‘zbekistonda o‘zining birinchi restoranini ochdi
Tarmoq yetkazib berish va joyida olib ketish formatlarida ishlaydi. Yil oxirigacha yana 6−7 ta nuqtani, jumladan, o‘rindiqli restoranni ishga tushirish rejalashtirilgan.
24 mart 2025, 16:16 Biznes
Qo‘qonda elektroskuterlar uchun batareyalar ishlab chiqarila boshlandi
Qiymati $11 mln bo‘lgan O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi yiliga 250 ming dona akkumulyator ishlab chiqaradi.
24 mart 2025, 13:57 Biznes
Samarqandda Xitoy bilan hamkorlikda sanoat parki tashkil etish rejalashtirilmoqda
Qayd etilishicha, loyiha ilmiy-tadqiqot va logistika zonalarini tashkil etish, turli sohalarda 12 ta yirik investisiya loyihasini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
24 mart 2025, 12:15 Biznes
O‘zbekistonlik hamshiralar Qatarga ishga qabul qilinmoqda. Ish haqi — $2 700
Nomzodlar ingliz tilini bilishi hamda tibbiyot sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishlari kerak.
24 mart 2025, 11:26 Biznes
Kaspi O‘zbekiston to‘lov tizimlari kartalariga pul o‘tkazmalarini ishga tushirdi
Oldin pul o‘tkazmalari faqat VISA va Mastercard orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, endi bu jarayonni Uzcard va Humo kartalari orqali ham bajarish mumkin bo‘ldi.
22 mart 2025, 18:46 Biznes
Fevral oyida O‘zbekistonda qancha yangi avtomobil sotilgani ma’lum qilindi
Barcha sotuvlarning 50% ga yaqini UzAuto Motors hissasiga to‘g‘ri keldi.
20 mart 2025, 20:24 Biznes
Toshkent aeroportida yangi yuk terminali ochildi. Foto
Terminalning o‘tkazish quvvati yiliga 120 ming tonnani tashkil etadi. Majmua uch qavatli bino, omborxona va avtoturargohni o‘z ichiga oladi.