Kecha, 20:02 Iqtisodiyot
“Juda muhim qadam” — Fitch O‘zbekistondagi 3 davlat banki ulushining Franklin Templeton boshqaruviga o‘tkazilishi haqida
Bu orqali Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank hamda Xalq bankining aktivlari sifati va daromadliligi yaxshilanishi mumkin.
Kecha, 19:20 Iqtisodiyot
“Davlat bilan ishlash har doim xatarli” — ekspertlar Road24 ilovasi bilan bog‘liq vaziyat haqida
YHXX Safe Road ilovasi ishga tushganini va Road24 endi jarimalarni to‘lashni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi. Spot vaziyatni o‘rganib, ekspertlarning fikrlarini bir joyga to‘plab, bu masala bo‘yicha birinchi marta o‘z munosabatini bildirgan IT Park izohini oldi.
Kecha, 18:36 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda Rutube vaqtinchalik bloklandi. Rossiya videoxostingi buni rad etdi
Bir necha soat o‘tgach, onlayn xizmatga kirish imkoni qayta tiklandi. Raqamli texnologiyalar vazirligi Rutube mamlakatda ishlashini Spot’ga ma’lum qildi.
Kecha, 17:33 Iqtisodiyot
Dollarlashuv, muammoli kreditlar va davlat yordami: Fitch O‘zbekiston bank sektori uchun risklar haqida
Agentlik 2026-yilda davlat banklari portfelidagi 90 kundan ortiq muddati o‘tgan kreditlar ulushi eng yuqori nuqtaga — 9−10%ga yetishini kutmoqda.
Kecha, 14:17 Iqtisodiyot
Fitch O‘zbekistondagi ayrim davlat banklarining xususiylashtirilishi yana ko‘chirilishini kutmoqda
Agentlik joriy yil oxirigacha Aloqabank, Asakabank hamda O‘zsanoatqurilishbankni sotish vazifasini “katta ambitsiya” deb atadi.
16 aprel 2025, 20:00 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda mahsulotlar narxlari qanday hisoblanadi?
Qo‘mita tomonidan iste’mol narxlari indeksini aniqlashda 170 turdagi oziq-ovqat, 250 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 ta turdagi xizmatlar tahlil qilinadi.
16 aprel 2025, 19:53 Iqtisodiyot
Andijonda sotilmagan obyektlar tadbirkorlarga xususiy klinika ochish uchun ijaraga beriladi
Namangan davlat universitetidagi tibbiyot fakulteti Andijon tibbiyot instituti filialiga aylantiriladi. Keyinchalik mustaqil oliygoh bo‘ladi. Andijon tibbiyot institutiga esa universitet maqomi beriladi.
16 aprel 2025, 18:06 Iqtisodiyot
AQSh Xitoy uchun bojlarni 245%gacha oshirish bilan tahdid qildi
Qayd etilishicha, Pekin AQShning tariflarni oshirishiga choralar ko‘rgani sababli mamlakat bojni yana oshirish bilan javob qaytarishni rejalashtirmoqda.
16 aprel 2025, 14:08 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etilishi mumkin
Prezident mutasaddilarga tadbirkorlar ishtirokida Qo‘rg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlaridan birini tanlab, master-reja ishlab chiqishni topshirdi.
16 aprel 2025, 13:43 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda o‘tgan yilgi piyoz narxi qimmatlashmoqda — EastFruit
11-aprel holatiga o‘tgan yilgi piyozning o‘rtacha ulgurji narxi 50%ga oshib, kilogrammi uchun 2000 so‘mdan 3000 so‘mgacha ko‘tarilgan.
16 aprel 2025, 10:38 Iqtisodiyot
Andijonda Bobur shahri tashkil etiladi. Foto
Loyiha uchun $250 mln kapitalga ega jamg‘arma tuzilib, unga har yili qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirilib boriladi.
15 aprel 2025, 15:07 Iqtisodiyot
Andijonda joriy yilda $5,7 mlrdlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
Natijada 31 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Shuningdek, 31 turdagi yangi mahsulot olish yo‘lga qo‘yilib, $1,5 mlrdlik eksport imkoniyati yaratilishi rejalashtirilmoqda.
15 aprel 2025, 13:07 Iqtisodiyot
Andijon aeroportida yangi yo‘lovchi terminali qurish rejalashtirilmoqda
Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1000 taga, parvozlar soni yiliga 3700 taga ortadi.
15 aprel 2025, 13:00 Iqtisodiyot
“Markaziy Osiyodagi eng yirigi bo‘ladi” — Qurilish vaziri o‘rinbosari okeanarium qurilishi haqida. Foto
Davron Odilov okeanarium loyihasi Yangi Toshkent hududida joylashishini, u o‘z ichiga ko‘ngilochar hamda savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, shuningdek, to‘rt yulduzli mehmonxona majmuasini olishini ma’lum qildi.
14 aprel 2025, 20:14 Iqtisodiyot
Yashnobodda okeanarium hamda savdo-mehmonxona majmuasi quriladi
Yakkasaroy tumanida turar-joy va ishbilarmonlik maskanini barpo etish rejalashtirilmoqda.
14 aprel 2025, 18:02 Iqtisodiyot 2
YHXX jarimalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yangi mobil ilovani ishga tushirdi
Boshqarma amaldagi Road 24 ilovasi bilan ma’lumot almashinuvi to‘xtatilganini, avtomobil boshqaruvchilaridan Safe Road ilovasidan foydalanishga o‘tishni so‘ragan.
14 aprel 2025, 15:31 Iqtisodiyot
Marg‘ilonda 35 gektar maydonda turizm markazi tashkil etiladi
Unda ilmiy-tadqiqot hamda biznes markazlari, mehmonxonalar, avtoturargohlar, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi.
14 aprel 2025, 12:44 Iqtisodiyot
Bojxona qo‘mitasi huzurida Tadbirkorlarning maslahat kengashi tashkil etiladi
Kengash maqsadi bojxonada xomashyo va butlovchi qismlar uchun qo‘shimcha to‘lovlarni bekor qilish hamda mahalliy ishlab chiqarishda tannarxni pasaytirishga qaratilgan.
14 aprel 2025, 10:05 Iqtisodiyot
Tramp smartfonlar, kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalar uchun bojlarni bekor qildi
Qayd etilishicha, ular hatto 125%lik tarif amal qilayotgan Xitoydan keltirilgan bo‘lsa ham, qaysi mamlakatdan import qilinganidan qat’i nazar, qo‘shimcha soliqqa tortilmaydi.
13 aprel 2025, 16:17 Iqtisodiyot
Hafta yakuni: banklardagi so‘mdagi omonatlar, yangi energiya tariflari hamda UzTest sinov natijalaridan norozi Leapmotor
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.