«atrof-muhit» tegli maqolalar
Kecha, 19:22 Iqtisodiyot
Hukumatga kelasi yil nomidan kelib chiqib, davlat dasturini ishlab chiqish topshirildi
Unda yashil texnologiyalarni joriy etish, chiqindi muammosini hal qilish hamda aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar asosiy ahamiyatga ega bo‘lishi ta’kidlandi.
21 oktabr 2024, 17:57 Ta'lim
Prezident har bir hududda ekologiya bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi texnikumlar tashkil etishni topshirdi
Yunusobod va Bo‘stonliq tumanlaridagi sobiq kollejlar binolari ta’mirlanib, Green University kampusiga aylantiriladi.
21 oktabr 2024, 17:14 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda $1,3 mlrd investitsiyalar evaziga 8ta chiqindini yoqish zavodi quriladi
Shu bilan birga, Ohangaron tumanidagi maishiy chiqindi poligonida chiqindi gazini qayta ishlash rejalashtirilgan. Prezident bu loyihalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
10 oktabr 2024, 21:00 Iqtisodiyot
Metro, toza havo va yer osti muhandislik tarmoqlari — Yangi Toshkent qanday bo‘ladi?
Hududni poytaxt bilan bog‘lash maqsadida metro, tramvay va monorelslar qatnovini yo‘lga qo‘yish, elektr, gaz va suv tarmoqlarini yer ostidan o‘tkazish hamda Qorasuv va Chirchiq daryolarini bog‘lovchi uchta sun’iy kanal barpo etish rejalashtirilgan.
26 sentabr 2024, 16:23 Iqtisodiyot
Toshkentda jamoat transporti bosqichma-bosqich elektr va gazga o‘tkaziladi
Yo‘lovchilar va yo‘nalishli taksilarning xavfsiz va to‘siqsiz harakatlanishini hisobga olgan holda bekatlar rekonstruksiya qilinadi.
26 sentabr 2024, 15:35 Qonunchilik
Qurilish maydonlarida maxsus transport vositalarining yuvilmasdan yo‘lga chiqishi nazoratga olinadi
Shu bilan birga, qurilish hududining avtotransportlar kirib-chiqish yo‘laklariga osma yomg‘irlatgich va suv purkagichlar o‘rnatish yuzasidan qat’iy talablar belgilanadi.
25 sentabr 2024, 17:48 Qonunchilik
2030-yildan Toshkent va unga tutash hududlarda yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
Poytaxtga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda ko‘mirning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatiladi. Buning uchun ularga subsidiya ajratiladi.
24 may 2024, 16:06 Iqtisodiyot
Yana bir Xitoy kompaniyasi chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish istagida
Shanghai SUS Environment bilan bu bo‘yicha loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishga kelishildi.
25 aprel 2024, 10:36 Iqtisodiyot
Havoni ifloslantirayotgan 300dan ortiq avtomobil egalari jarimaga tortildi
Shu bilan birga, 222ta transport vositasining harakati vaqtincha to‘xtatildi.
11 mart 2024, 15:00 Iqtisodiyot
Ekologiya vazirligi chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha takliflar qabul qilmoqda
Paketlar rangi shaffof, rangsiz, qora hamda jigarrang bo‘lishi kerak. Ulardan chiqindilarni saralab, yig‘ishda foydalaniladi.
1 mart 2024, 18:52 Qonunchilik
Endi daraxtlarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslarga moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi
Daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini noqonuniy kesgan shaxslar kompensatsiya sifatida ko‘chat ekib, uch yil davomida uni parvarishlaydi.
20 fevral 2024, 08:53 Iqtisodiyot
Chiqindi poligonlarida maxsus iqtisodiy zonalar rejimi joriy qilinadi
Yangi tizim bo‘yicha birinchi pilot loyiha Andijonda amalga oshirilib, keyinchalik mamlakatning boshqa hududlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.
12 fevral 2024, 09:49 Ta'lim
O‘zbekistonda “yashil” universitet ochildi. Unda qanday yo‘nalishlar mavjud?
Bakalavriatura yo‘nalishida Atrof-muhit va barqaror boshqaruv, Ekologiya va iqtisodiyot, magistraturada esa Barqaror rivojlanish, Barqaror moliya hamda Ekologik jurnalistika kabi yo‘nalishlar bor.
1 fevral 2024, 11:57 Iqtisodiyot
Toshkentdagi issiqxonalardan birida avtomobil shinalari yoqilgani aniqlandi
Holat bo‘yicha qozonxonani ta’mirlash, maxsus chang-gaz ushlab qoluvchi filtrlarni yangilash hamda avtotransport shinalarini yoqmaslik to‘g‘risida ogohlantirish berilgan.
31 yanvar 2024, 09:59 Qonunchilik
Hududlar markazida Yevro-5 standartiga mos kelmaydigan avtomobillar harakatini cheklash rejalashtirilmoqda
Toshkentda yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan avtotransport harakati tig‘iz vaqtlarda taqiqlanadi.
29 yanvar 2024, 14:32 Iqtisodiyot
1-apreldan har bir hududning ekologik darajasiga qarab tuziladigan reytingi joriy qilinadi
Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlari hamda sanoatlashgan 20ta tumanda avtomatik havo monitoringi stansiyalarini o‘rnatishni boshlash vazifasi qo‘yildi.
8 iyun 2023, 18:41 Qonunchilik
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi
U to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplab, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming so‘m), davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 mln 980 ming so‘m) ajratiladi.