«bandlik» tegli maqolalar
31 mart 2025, 17:19 Iqtisodiyot
2024-yilning to‘rtinchi choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni qisqardi — Markaziy bank
Regulyator buni mavsumiy omil hamda nisbatan tezroq to‘ldirilayotgan vakansiyalar soni bilan izohladi. Ayrim tarmoqlarning raqamlashtirilishi orqali kelgusida AKT, chakana savdo sohalarida ish haqi o‘sishi mumkin.
13 mart 2025, 17:57 Qonunchilik
1-oktabrdan fuqarolarga ayrim subsidiya, grant va ssudalar ijtimoiy karta orqali beriladi
Aholiga yengil konstruksiyali issiqxonalar qurish uchun 11,25 mln so‘m, sug‘orish vositalarini sotib olishga esa 3,75 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.
7 mart 2025, 16:35 Iqtisodiyot
Mehnat shartnomasini tuzmagan ish beruvchilar jarimaga tortilishi mumkin
Bandlik vazirligi mehnat shartnomasisiz fuqarolarni ishga jalb qilganlarga 75 mln so‘mgacha jarima belgilashni taklif qildi.
7 mart 2025, 14:48 Iqtisodiyot
Ayol tadbirkorlar uchun banklar tomonidan arzon kreditlar taqdim etiladi
Prezident Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish taklifini ilgari surdi.
5 mart 2025, 17:40 Iqtisodiyot
Toshkentdagi mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari uzluksiz rejimga o‘tkaziladi
Poytaxtdagi 26 ta ko‘chada jami 40 km uzunlikdagi 24/7 ko‘chalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda mingdan ortiq yangi tadbirkorlik nuqtalari ochilib, 5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
4 mart 2025, 19:49 Iqtisodiyot
Ikki oyda O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq aholi ish bilan ta’minlandi
Yanvar-fevral oylarida mamlakatga jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi $6 mlrddan ortiqqa oshdi.
28 fevral 2025, 18:45 Iqtisodiyot
Xorijdagi o‘zbekistonliklar Yangi Toshkent qurilishiga taklif etilmoqda. Ish haqi — 15 mln so‘mgacha
Fuqarolar 10 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlariga 38 ta yo‘nalish bo‘yicha joylashishlari mumkin.
28 fevral 2025, 13:22 Qonunchilik
Taksichilik o‘zini o‘zi band qilganlar shug‘ullanadigan faoliyat ro‘yxatiga kiritildi
Buning uchun tashuvchilar har yili litsenziya rasmiylashtirishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazishi kerak.
20 fevral 2025, 14:09 Qonunchilik
OTM bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur ishga tushiriladi
Buning uchun “O‘zmilliybank"ka $100 mln miqdorida moliyaviy resurs beriladi. Mablag‘lar bitiruvchilar tashabbus va g‘oyalarini loyihalashtirishga yo‘naltiriladi.
19 fevral 2025, 11:39 Qonunchilik
Ayrim dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya beriladi
Mahallalarda aholi tomorqalarida amalga oshirilgan namunali va innovatsion loyihalar uchun 37,5 mln so‘mgacha grantlar ajratiladi.
18 fevral 2025, 14:18 Qonunchilik
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlikni boshlashga subsidiya o‘rniga foizsiz ssuda ajratiladi
Ularga zarur asbob-uskunalar xaridiga 18,75 mln so‘mgacha 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar beriladi. Ishsiz fuqarolarni kasanachilikka ishga olgan tadbirkorlarga ham har bir ishchi uchun 3,75 mln so‘mgacha ssuda ajratiladi.
18 fevral 2025, 12:11 Qonunchilik
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarz beriladi
1-apreldan har oyda 1 ta hududda “investor kun"lari o‘tkaziladi. Hududlarda “Yoshlar biznes-inkubatori” markazlari tashkil qilinib, tadbirkorlikni boshlagan yoshlarga yordam beriladi.
14 fevral 2025, 19:05 Iqtisodiyot
Yerdan 100 mln so‘mgacha daromad olgan yoshlarga yangi tartibda ijaraga yer beriladi
Mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari orqali 250 ming nafar aholini daromadli qilishi belgilandi. Mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi.
12 fevral 2025, 11:27 Qonunchilik
Ijtimoiy yordam berishda fuqarolarning moliyaviy holati skoring natijalari orqali aniqlanadi
Uch nafargacha ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarga 22,5 mln so‘mgacha grant ajratiladi.
7 fevral 2025, 12:36 Iqtisodiyot
“To‘siqlar juda ko‘p” — prezident tibbiy laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish haqida
Davlat rahbari to‘rtda hududda savdo va servis obyektlarini qurish bo‘yicha ishlar qoniqarsizligini, ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘l qurilishida DXSh loyihalari deyarli yo‘qligini qayd etildi.
4 fevral 2025, 15:11 Iqtisodiyot
2,5 mingga yaqin “mahalla bankiri” ish boshladi — Jamshid Qo‘chqorov
Aholi tomorqalaridagi ishlarni tashkil etish vazifasi hokim yordamchilariga yuklatiladi. 850 dan ortiq mahallalarning suv ta’minotini yaxshilashga 250 mlrd so‘m ajratildi.
4 fevral 2025, 11:56 Iqtisodiyot
Bir oyda O‘zbekistonga $3 mlrdlik xorijiy investitsiya jalb qilindi
Yanvarda 277 ming fuqaro ish bilan ta’minlandi. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi esa tadbirkorlikka jalb qilingan.
3 fevral 2025, 09:30 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 9% dan pasaydi
2024-yil yakuni bilan kambag‘allik darajasi 11% dan 8,9% ga yoki 719 ming nafar aholiga kamaydi.
31 yanvar 2025, 18:27 Qonunchilik
Xotin-qizlar pillachilik bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qitiladi
Kurslarni tamomlaganlar pillachilik klasterlari, ipak qurti urug‘chiligi korxonalari hamda bu yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklariga mavsumiy va doimiy ishlarga qabul qilinadi.
31 yanvar 2025, 12:24 Energetika
O‘zbekiston energetikasining 10 yillik master-rejasini ishlab chiqish boshlanmoqda
“BCG” bilan ishlab chiqilayotgan hujjatni o‘zini o‘zi band qilganlarning metan va propanga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda takomillashtirish rejalashtirilgan.