«elektromobillar» tegli maqolalar
7 mart 2025, 22:19 Energetika
Elektromobillar AQShda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni deyarli bir yarim barobarga oshirdi
2024-yil yakuniga ko‘ra, AQShda elektr energiyasi iste’moli 11,1 teravatt-soatga yetgan bo‘lsa, talabning 73%i elektromobillarga, 27%i esa qo‘shiladigan gibrid avtomobillarga to‘g‘ri keldi.
24 fevral 2025, 17:15 Biznes
Yanvarda O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin pasaydi
Ko‘rsatkich miqdor jihatidan 82%, qiymat jihatidan esa 85% dan ortiqqa kamaygan. Eng yuqori pasayish gibrid avtomobillar importida qayd etildi.
11 fevral 2025, 16:50 Iqtisodiyot
1
“Ishlab chiqaruvchilar inqirozga uchrashi mumkin” — ISSV elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilishi haqida
Vazirlik departamenti boshlig‘i Inomjon Abdurahmonov import avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining pastligi ishsizlik oshishiga olib keladi. Imtiyozlarsiz esa avtomobil ishlab chiqarishda xorijiy investorlarni jalb qilish imkonsiz.
10 fevral 2025, 10:03 Iqtisodiyot
2024-yilda O‘zbekistonga qancha elektromobil import qilindi?
O‘tgan yili mamlakatga xorijdan 24 mingdan ortiq elektromobil olib kelingan. Natijada ko‘rsatkich oldingi yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.
10 fevral 2025, 09:42 Qonunchilik
Ekofaol fuqarolarga ochiq tanlov orqali elektromobil beriladi
Aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarga yo‘llarni ta’mirlash va energotejamkor yoritish uskunalarini o‘rnatishga 500 mln so‘m ajratiladi.
5 fevral 2025, 19:00 Iqtisodiyot
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilmoqda. Iqtisodchilar qanday fikrda?
O‘zbekistonda 1-maydan import elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilmoqda. Iqtisodchilarning fikricha, bu notarif cheklovlarga qo‘shimcha ravishda joriy etilayotgan boj to‘lovi bo‘lib, Jahon savdo tashkiloti tamoyillariga ziddir.
4 fevral 2025, 23:28 Qonunchilik
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilmoqda
Ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun bu 45 mln so‘mni, undan oshgan elektromobillar uchun esa 78,75 mln so‘mni tashkil etadi.
27 yanvar 2025, 13:08 Iqtisodiyot
2024-yilda O‘zbekiston $1,28 mlrdlik avtomobillar import qildi
Yetkazib berishning 80%dan ortig‘i Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi. Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya turibdi.
15 yanvar 2025, 17:48 Biznes
2024-yilda O‘zbekistonda qancha yangi avtomobil sotilgani ma’lum qilindi
Jami hajm — 402 ming donadan ortiq avtomobillarning qariyb 88%i “UzAuto Motors” hissasiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yil davomida 17,1 ming dona “BYD” elektromobillari sotilgan.
11 yanvar 2025, 12:02 Iqtisodiyot
2024-yilda elektr va gibrid avtomobillar importi birinchi marta benzinli avtomobillardan oshib ketdi
Yengil avtomobillarning umumiy importi pul qiymatida uchdan bir qismga kamayib, $1,27 mlrdga tushdi.
10 yanvar 2025, 18:11 Iqtisodiyot
11 oyda O‘zbekiston avtomobil importiga $1 mlrddan ortiq mablag‘ sarfladi
Yetkazib berishning asosiy qismi, ayniqsa, deyarli barcha elektromobillar Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi.
9 yanvar 2025, 10:38 Biznes
Energetika vazirligi “elektrzapravka"lar operatorlarini qonunchilikka amal qilishga chaqirdi
Vazirlik elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari elektr ta’minotidan o‘chirilishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
8 yanvar 2025, 20:55 Qonunchilik
Endi ekofaol oilalarga iste’mol kreditini olishda chegirmalar berilishi mumkin
Bundan tashqari, “yashil oila” maqomini olgan oilalarga har yili lotereya orqali elektromobil olish imkonini yaratish taklif etilmoqda.
4 yanvar 2025, 18:10 Iqtisodiyot
Norvegiyada elektromobillarning avtomobil bozoridagi ulushi deyarli 90%ga yetdi
Yetakchilar orasida “Tesla”, “Volkswagen” va “Toyota” bor. Xitoy elektromobillari bozorning 10%ini egalladi.
4 yanvar 2025, 13:25 Biznes
Energetika vazirligi bayonotiga qaramay, Toshkentda “elektrzapravkalar” o‘chirilganligicha qolmoqda
Bir nechta bozor ishtirokchilari “Spot"ga avval o‘chirilgan quvvatlantirish stansiyalarining barchasi ham tarmoqqa qayta ulanmaganini ma’lum qildi.
3 yanvar 2025, 09:00 Energetika
“Birorta ham o‘chirilgan quvvatlantirish stansiyasi yo‘q” — Energetika vazirligi “elektrzapravka"lar haqida
Vazir o‘rinbosari Umid Mamadaminovning qayd etishicha, subabonent sifatida stansiyalarni ulagan tadbirkorlar o‘z texnik shartlarini o‘zgartirishlari va yangi quvvatlarini belgilab olishlari kerak.
24 dekabr 2024, 18:09 Energetika
“Elektrzapravka"lar o‘chirilayotgani yuzasidan davlat organlariga deputat so‘rovi yuborildi
O‘zLiDeP deputati Nuriddin Sultonov Energetika vazirligi va Kadastr agentligidan stansiyalar faoliyati cheklanishi hamda demontaj ishlarining qonuniyligi yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar berishni so‘radi.
23 dekabr 2024, 15:53 Qonunchilik
Ayrim avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori kamaytirildi
Moped va skuterlarga davlat raqami belgilarini berish uchun yig‘im miqdori BHMning 1,5 baravari — 562,5 ming so‘m etib belgilandi.
18 dekabr 2024, 21:00 Biznes
Yuqori talabga ega modellar tanlab olinadi — “Geely” O‘zbekiston bozoriga kirish jarayoni haqida
“Geely Uzbekistan” direktori mamlakat bozoriga kirishda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar qatorida raqobat, mahalliy ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda ehtiyot qismlar ta’minoti kabilarni qayd etdi.
17 dekabr 2024, 19:50 Biznes
O‘zbekistonda elektromobillarni zaryadlash stansiyalari majburiy ravishda o‘chirilmoqda
Energetika vazirligi matbuot kotibining “Spot"ga ma’lum qilishicha, vazirlik tomonidan elektromobillarni zaryadlash stansiyalari faoliyatiga cheklovlar kiritilmagan.