«toshkent shahri» tegli maqolalar

Bugun, 12:02 Transport

Toshkentda avtobuslarda chiptasiz yurganlarga jarima qo‘llanila boshlandi

Ikki oylik tushuntirish ishlariga qaramay, yo‘lovchilar orasida yo‘l haqini qasddan to‘lamaslik holatlari ko‘paygan. Shundan kelib chiqib, 14-martdan tartibni buzgan yo‘lovchilarga 37,5 ming so‘m miqdorida jarima belgilana boshlandi.
20 mart 2025, 21:48 Transport

Pushkin bekatidan TTZgacha yerusti va yerosti metro liniyasi quriladi — Transport vaziri

Ilhom Mahkamovning ma’lum qilishicha, yangi metro yo‘nalishi Akusherlik va ginekologiya ilmiy-tadqiqot institutigacha yer ustida (5,5 km), undan keyin esa yer ostida (5,3 km) bo‘ladi.
20 mart 2025, 18:57 Transport

Navro‘z bayramida Toshkentda metro va avtobuslar qanday ishlashi ma’lum qilindi

21 va 23-mart kunlari avtobuslar yakshanba, 22-martda shanba kunidagi jadval asosida harakatlanadi. Metro esa 21−22 mart kunlari shanba, 23-martda esa yakshanba kuni uchun belgilangan tartibda ishlaydi.
20 mart 2025, 15:35 Biznes

Yunusobodda 1 500 ta xonadonga mo‘ljallangan 28 ta ko‘p qavatli uylar quriladi

High Town City majmuasi hududida 24 qavatdan iborat besh yulduzli mehmonxona qurish rejalashtirilgan.
20 mart 2025, 15:03 Iqtisodiyot

Toshkent metropolitenini Toshkent traktor zavodigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda

Chilonzor yo‘nalishini uzaytirish orqali jami 10 metro bekatlarini qurish ko‘zda tutilgan. U 30 ta mahalla hamda 148 ming aholini qamrab oladi.
18 mart 2025, 17:09 Iqtisodiyot

Poytaxt hokimligi noto‘g‘ri yo‘l ta’miri bo‘yicha xabar berishni so‘ramoqda

Hokimlik faollarni yo‘llarni o‘zboshimchalik bilan yamashdan tiyilishga, noto‘g‘ri qilingan ishlarning bartaraf etilishini kuzatib borishga chaqirdi.
18 mart 2025, 10:30 Energetika

18-martdan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi

Bu poytaxtda o‘rtacha sutkalik harorat isitish mavsumini yakunlash me’yorlariga to‘g‘ri kelgani uchun belgilangan.
17 mart 2025, 14:21 Iqtisodiyot

Toshkentda soxta Call-markaz jinoiy guruhi ushlandi

Firibgarlar fuqarolarning bank kartalaridagi pullari va shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan. Xususan, 15 mingdan ortiq aholining shaxsiy ma’lumotlari o‘zlashtirilgan.
15 mart 2025, 17:33 Iqtisodiyot

Toshkentda o‘rtacha ta’mirdagi uylar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

Fevral oyida ushbu segmentdagi xonadonlar uchun ijara narxlari oktabr oyidan beri sezilarli arzonladi. Biroq to‘liq ta’mirdagi 3−4 xonali uylar uchun narxlar ko‘tarildi.
14 mart 2025, 16:39 Iqtisodiyot

Ikki haftada Toshkentda chiqindi tashlagan huquqbuzarlarga 1,11 mlrd so‘m jarima solindi

Mart oyining o‘tgan davrida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash bo‘yicha jami 2 638 ta holat aniqlandi.
14 mart 2025, 15:08 Iqtisodiyot

Bir kunda Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bo‘yicha 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi

Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 11,375 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.
14 mart 2025, 14:41 Iqtisodiyot

Toshkentda 200 mingdan ortiq pullik avtoturargohlar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Tariflar 4 ta zonaga bo‘linadi — soatiga 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha. Poytaxt hokimligi ko‘p qavatli va yo‘l bo‘yidagi avtoturargohlar uchun joylarni o‘rganmoqda.
13 mart 2025, 11:21 Iqtisodiyot

Toshkentda reklama peshlavhalarining davlat tili talablariga muvofiqligi o‘rganilmoqda

Tadbirkorlarga qonunchilik talablari tushuntirilib, ma’muriy javobgarlik bo‘yicha ogohlantirish xatlari berildi.
10 mart 2025, 14:41 Biznes

“Aholi manfaatlari inobatga olinadi” — poytaxt hokimligi uzluksiz ishlaydigan ko‘chalar haqida

Gastronomik ko‘chalarni tashkil etish uchun joylar Toshkentdagi tadbirkorlik faoliyatini hisobga olgan holda tanlangan.
7 mart 2025, 17:20 Iqtisodiyot

Toshkent investitsiyalarni jalb qilishni uch baravarga — $10 mlrdgacha oshiradi — Shavkat Umurzoqov

Joriy yilda $2,5 mlrdlik 582 ta loyiha ishga tushiriladi, poytaxt eksporti $4,8 mlrdgacha oshiriladi.
7 mart 2025, 09:54 Transport

7-martdan Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash boshlanadi

Ishlar transport harakati faol bo‘lgan ko‘chalarda amalga oshirilib, umumiy maydoni 65 ming kvadrat metrdan ortiq yo‘llar ta’mirlanadi.
6 mart 2025, 15:37 Iqtisodiyot

Poytaxt hokimligi uylar uchun chiqindi limiti belgilangani haqidagi xabarlarni rad etdi

Aholi va tadbirkorlar uchun maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish xizmatlari odatdagi rejimda ko‘rsatilayotgani qayd etildi.
5 mart 2025, 17:40 Iqtisodiyot

Toshkentdagi mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari uzluksiz rejimga o‘tkaziladi

Poytaxtdagi 26 ta ko‘chada jami 40 km uzunlikdagi 24/7 ko‘chalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ularda mingdan ortiq yangi tadbirkorlik nuqtalari ochilib, 5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
4 mart 2025, 17:45 Iqtisodiyot

Toshkentda ko‘chmas mulk bozori qariyb 75% ga oshdi — CMWP

Birinchi qavatdagi 100 kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara narxi oyiga $40 ni tashkil qiladi.
26 fevral 2025, 15:31 Iqtisodiyot

Toshkentdagi ofislar uchun ijara stavkalari bozordagi yuqori raqobat tufayli pasayishi mumkin — CMWP

Ayni paytda premium-segmentdagi ofislarning qariyb 60%i ijaraga berilmagan va bo‘sh turibdi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting