Markaziy bankning 3-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12670 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 1-may kuni belgilangan 12632 so‘m qiymatga nisbatan qariyb 38 so‘mga oshdi.

3-may kuni aksariyat banklarda sotish kursi 12730 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12725 so‘mdan 12650 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12660 so‘mdan 12570 so‘mgacha yetdi.