Kecha, 18:00 Biznes

2023-yilning eng yaxshi 5ta biznes kitobi

Kitoblarda biznes, ilmiy, psixologik ma’lumotlar berilgan bo‘lib, nafaqat tadbirkorlar va rahbarlar, balki har bir kitobxon uchun foydali bo‘ladi.
Kecha, 14:52 Biznes

Markaziy bank ustav kapitali talablarini bajarmagani uchun to‘rtta bankning faoliyatini chekladi

Aprel oyidan boshlab moliya institutlariga kredit berish va depozitlarni qabul qilish taqiqlangan.
Kecha, 12:22 Texnologiyalar

Apple iPad planshetida kalkulyator ilovasini qo‘shadi

Qayd etilishicha, kompaniya bu ishni 14 yil oldin planshetning birinchi avlodi chiqqandan beri birinchi marta qiladi.
Kecha, 10:30 Iqtisodiyot

O‘zbekiston mart oyida oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi

Qimmatbaho metalning asosiy xaridorlari uchligiga Turkiya, Hindiston va Xitoy kiradi.
3 may 2024, 19:58 Biznes

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi chiqindilarni yoqish zavodini quradi

China CAMC Engineering bilan chiqindilarni yoqish elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
3 may 2024, 19:35 Texnologiyalar

WhatsApp’da yangi tezkor javob tugmasi paydo bo‘ladi

Qayd etilishicha, u messenjerning Android versiyasida media fayllar bilan ishlash uslubini o‘zgartiradi.
3 may 2024, 19:00 Moliya

O‘zbekiston banklaridagi Visa, Mastercard va UnionPay kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mavjud 35ta bankdan 23tasida xalqaro kartalarni ochish mumkin.
3 may 2024, 18:44 Biznes

2026-yilgacha to‘qimachilik korxonalari ayrim soliqlardan ozod etiladi

1-maydan boshlab barqarorlik reytingida yuqori toifaga ega to‘qimachilik va tikuv-trikotaj yo‘nalishidagi tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.
3 may 2024, 16:44 Biznes

2027-yilga borib O‘zbekistonda marketpleyslar aylanmasi $1 mlrdga yetadi — NAPP

Mamlakatda elektron tijorat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan marketpleyslar soni 50tadan ortiqni tashkil etadi.
3 may 2024, 16:01 Moliya

Dollar kursi yana ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 5 so‘mga oshib, 12675 so‘mni tashkil etdi.
3 may 2024, 15:54 Iqtisodiyot

Toshkent-Andijon pullik yo‘l qurilishi loyihasi $4,65 mlrdni tashkil etadi — Transport vazirligi

Iyun oyi oxirigacha umumiy uzunligi 314 km bo‘lgan mazkur pullik avtomobil yo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish yakunlanadi.
3 may 2024, 14:16 Iqtisodiyot

OPEK O‘zbekistonda bolalar bog‘chasini qurishga $20 mln ajratadi

Shuningdek, aholi uchun ipoteka kreditlarining mavjudligini yaxshilash borasida hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
3 may 2024, 13:57 Biznes

Toshkent aeroportida IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish shoxobchasi ochildi

Uchib keluvchilar xorijda foydalanilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.
3 may 2024, 13:27 Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi doirasida ishchi guruh tuzishni taklif qildi

U o‘z ichiga to‘rtta yo‘nalishni, jumladan, kapital bozorini rivojlantirish, mas’uliyatli biznes yuritish, muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish hamda investorlar bilan ishlash tizimini raqamlashtirishni qamrab oladi.
3 may 2024, 13:10 Iqtisodiyot

Saudiya Arabistoni 100 ming nafargacha farg‘onaliklarni ishga jalb qilmoqchi

Quvayt kompaniyalari esa viloyatda misni qayta ishlash va elektr kabellari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.
3 may 2024, 11:52 Iqtisodiyot

YeTTB Asakabankni xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishda investitsiya kiritishi mumkin

Davlat bankiga institutsional o‘zgarishlar va korporativ boshqaruvni isloh qilishda yordam beriladi.
3 may 2024, 11:28 Iqtisodiyot

Amudaryoda suvni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishi mumkin

Tizim xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari asosida Turkmaniston bilan birga ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
3 may 2024, 11:00 Qiyofa

TXVUda magistraturaga qabul davom etmoqda

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti magistraturada o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lganlar uchun sakkizta yo‘nalish taklif etadi. Arizalar 19-avgustgacha onlayn tarzda qabul qilinadi.
3 may 2024, 10:43 Qiyofa

Bir oyda 58 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilindi

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi — Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
3 may 2024, 10:00 Moliya

Banklarda dollar kursi 12730 so‘mgacha belgilandi

Aksariyat banklarda sotish kursi 12730−12650 so‘mni, xarid narxi esa 12650−12580 so‘mni tashkil etmoqda.
3 may 2024, 09:49 Texnologiyalar

Spotify bepul obunachilardan qo‘shiq matnlarini yashirishni boshladi

Qayd etilishicha, mazkur imkoniyatdan endi faqat pullik obunachilar uchun foydalanishi mumkin.
3 may 2024, 09:36 Iqtisodiyot

15-maydan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi

Endilikda ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplashga subsidiyalar 30 mln so‘m miqdorida to‘lanadi.
3 may 2024, 09:08 Iqtisodiyot

YeTTB Xorazmdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga $238 mln ajratadi

Kredit mablag‘lari hisobidan 84 kilometr uzunlikdagi 4R156 avtomobil yo‘li ta’mirlanadi va Amudaryo orqali ko‘prik quriladi.
2 may 2024, 18:25 Iqtisodiyot

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga 120 mln so‘mgacha ipoteka krediti beriladi

Shuningdek, hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trln so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
2 may 2024, 18:00 Biznes

Biznes tarixi: LEGO o‘yinchoqlar kompaniyasi qanday paydo bo‘lgan?

Mazkur maqolada “LEGO” o‘yinchoqlar brendi qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi, logotipdagi o‘zgarishlar hamda minifiguralarning turli shakllari haqida ma’lumotlar berilgan.
2 may 2024, 17:43 Iqtisodiyot

Billing tizimi ishlab chiqilgan — Sherzod Hidoyatov kommunal to‘lovlarning yagona tizimi haqida

Yangi tizimni Navoiyda sinov tarzida amalga oshirish belgilangan. Hozir uni elektr tarmoqlariga integratsiyalash jarayoni ketmoqda.
2 may 2024, 17:29 Biznes

Rossiyadagi Apple xizmat ko‘rsatish markazlarida iPhone va MacBook uchun ehtiyot qismlari tugadi — Vedomosti

Qayd etilishicha, kompaniyaning vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlariga ularning kerakli original ehtiyot qismlarini yetkazib berish to‘xtatilgan.
2 may 2024, 16:00 Moliya

Dollar kursi yana ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 38 so‘mga oshib, 12670 so‘mni tashkil etdi.
2 may 2024, 15:44 Tadbirkorlik

Hacknovation-2024 hakatoniga arizalar qabul qilinmoqda

Unda universitet, sanoat va maktab yo‘nalishlaridan birida jamoa shaklida ishtirok etish mumkin. G‘olib jamoalarga $1500gacha pul mukofoti beriladi.
2 may 2024, 14:30 Iqtisodiyot

Uch yilda naqd pulsiz to‘lovlar hajmi ikki baravardan ko‘proq oshishi kutilmoqda

KPMG tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, POS moliyalashtirish va muddatli to‘lovlar bozori ayniqsa tez rivojlanadi.
2 may 2024, 13:49 Texnologiyalar 1

Endi bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam uchun arizalarni onlayn jo‘natish mumkin

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.
2 may 2024, 12:53 Biznes

Qanot Sharq Samarqand-Tel-Aviv yo‘nalishida qatnovlarni tiklaydi

8-maydan boshlanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar haftaning chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
2 may 2024, 12:14 Biznes

Asakabank xususiylashtiriladi — Shavkat Mirziyoyev

Bu bo‘yicha YeTTB bilan bitim imzolandi. Prezident xorijiy investorlarni bank va energetika sohalarida ishtirok etishga taklif qildi.
2 may 2024, 11:55 Iqtisodiyot

Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati uzaytiriladi

Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi.
2 may 2024, 11:46 Biznes

Ilon Mask Tesla zaryad stansiyalari tarmog‘i jamoasini ishdan bo‘shatdi

Ishdan bo‘shatish 500ga yaqin xodimga ta’sir qildi. Ulardan faqat bir nechtasi boshqa Tesla jamoalariga o‘tkaziladi.
2 may 2024, 11:40 Iqtisodiyot

Endi investorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan 3 yilga ozod etiladi

Mamlakatga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi $60 mlrddan oshdi. Xalqaro moliya institutlarining $14 mlrddan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga yo‘naltirildi.
2 may 2024, 10:41 Iqtisodiyot

Yana ikkita kompaniya pullik yo‘l qurilishida ishtirok etmoqchi

Yaponiyaning Sojitz hamda Turkiyaning Rönesans kompaniyalari davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.
2 may 2024, 10:17 Texnologiyalar

WhatsApp yangi funksiyalarni ishga tushirdi

Qayd etilishicha, taqdim qilinadigan funksiyalardan biri tadbirlarni rejalashtirishda, ikkinchisi e’lonlarga javoblar to‘plamini yaratishda yordam beradi.
2 may 2024, 08:39 Iqtisodiyot 1

Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorlari oshirildi

1-maydan ayrim pensiyalarning eng kam miqdori 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mga yetkazildi.
2 may 2024, 08:03 Energetika

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab kabel yotqizishni rejalashtirmoqda

Tomonlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yashil energiya sotish bo‘yicha biznes-modelini ishlab chiqadi.
Будьте в курсе новостей!
Spotda ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting