O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12675 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 4 so‘m 95 tiyinga oshdi.

Dollar kursi 22-aprel kuni rekord darajaga yetib, 12700 so‘mdan oshdi. Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 21 so‘mga oshib, 12711 so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.