Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) magistratura yo‘nalishlarida o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lganlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Bo‘lajak talabalar bakalavr darajasini bildiruvchi diplom (avvalgi mutaxassisligidan qat’iy nazar) hamda umumiy 6,5 ball va Yozuv (Writing) komponentida 6 balldan kam bo‘lmagan IELTS sertifikati yoki ingliz tilini bilish darajasini anglatuvchi boshqa xalqaro sertifikatni taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Ish tajribasi va intervyu kabi qo‘shimcha qabul shartlari talab etilmaydi. TXVU talabalari magistratura yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli tugatganlaridan so‘ng Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti tomonidan beriladigan diplomga ega bo‘ladilar.

TXVUda quyidagi sakkizta magistrlik yo‘nalishi mavjud:

  • MSc in Research Methods — “Tadqiqot metodlari”;
  • MSc in Public Health Science — “Jamoat salomatligi”;
  • MA in Human Resource Management and Talent Development — “Inson resurslarini boshqarish va iste’dodni rivojlantirish”;
  • MA in International Business Management (with pathways) — “Xalqaro biznes boshqaruvi”;
  • MSc in Applied Economics — “Amaliy iqtisodiyot”;
  • MSc in Business Intelligence and Analytics — “Biznesda tahlil qilish va analitika”;
  • MA in Teaching and Learning (with TESOL and ESP pathways) — “Ta'lim olish va o‘qitish bo‘yicha magistratura”;
  • LLM International Commercial Law — “Xalqaro tijoriy huquq”.

Ushbu yo‘nalishlarning har biri ma’lum bir sohada dunyoqarash va bilimlarni kengaytirish, olingan ko‘nikmalarni amalda qo‘llash va karyera yo‘nalishida ko‘tarilishni tezlashtirish imkoniyatini beradi.

reklama

TXVUning eksklyuziv va dolzarb yo‘nalishlari

“Tadqiqot metodlari”, “Jamoat salomatligi” va “Inson resurslarini boshqarish va iste’dodni rivojlantirish” kabi magistratura yo‘nalishlari nisbatan yangi, ammo ayni paytda zamon bilan hamnafas bo‘lishga tayyor abituriyentlarni rivojlantirishga qaratilgan talabgir yo‘nalishlardir.

“Jamoat salomatligi” yo‘nalishi pandemiyadan beri, ayniqsa, dolzarb sanalib, global salomatlik hamda aholi farovonligini oshirishga, shuningdek, milliy va global darajadagi muammolarni hal qilishga yordam beradigan ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam berish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

“Tadqiqot metodlari” O‘zbekistondagi ushbu yo‘nalishdagi birinchi kurslardan biridir. Talabalar o‘qish davomida o‘z maqolalarini xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, ushbu yo‘nalish doktorlik darajasiga tayyorgarlik ko‘rish uchun ajoyib imkoniyatdir.

TXVU magistratura yo‘nalishlarining asosiy xususiyati shundaki, darslar kechqurun soat oltidan keyin boshlanishi va haftasiga ikki marotaba o‘tkazilishi sababli talabalar o‘qish va ishni birlashtirishlari mumkin. O‘zbekistonda Britaniya ta’limini o‘zida mujassam etgan TXVUning magistratura yo‘nalishlari nazariya va amaliyot muvozanatini o‘z ichiga olib, sohadagi muvaffaqiyatli vakillarning noyob ma’ruzalari, rang-barang ijtimoiy hayot va netvorking bilan ajralib turadi.

Magistratura yo‘nalishlari haqida to‘liq ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Hujjatlarni qanday topshirsa bo‘ladi?

Hujjatlarni 19-avgustga qadar universitet sayti: admission.wiut.uz da topshirish mumkin. TXVUda o‘qish bilan bog‘liq har qanday savollar bilan E-mail yoki (+998) 71−238−74−60 telefoni orqali bog‘lansa bo‘ladi.

Universitet o‘z maqsadlari sari ulkan sayohatning har bir bosqichida o‘qishni xohlovchilarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Sayt: wiut.uz
Facebook: fb.com/wiut.uz
Instagram: @wiutuni
Telegram: t.me/wiut_official_telegram
LinkedIn: linkedin.com/school/wiut-uni-uz
Youtube: Westminster International University in Tashkent

Reklama huquqlari asosida.